Loyihani hayotiyligini tezkor tekshirish hamda vaqt va resurslarni tejash.

“Startap tashabbuslari” yoshlarning innovatsion g‘oya va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi
Dastur haqida
Ushbu dastur yoshlarning innovatsion g’oyalari va startap-loyihalarini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashning qisqa muddatli intensiv dastur bo’lib, innovatsion g’oyalarning hayotiyligini tezkor tekshirish, minimal ishchi mahsulotlarini yaratish, biznes modellarini sinab ko’rish, yoshlarda innovatsion tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Dastur qatnashchilari nimaga erishadilar?
Akseleratsiya dasturida qatnashish
Loyihani hayotiyligini tezkor tekshirish hamda vaqt va resurslarni tejash.
Bilim olish
Innovatsion g’oyalar va startap loyihalarini yaratish hamda rivojlantirish uslubi va qurollari haqida bilim olish
Loyiha yo‘l xaritasi
Jamoangizni kuzatib boradigan biznes ustoz bilan loyihani amalga oshirish yo’l xaritasini ishlab chiqish
Mahorat dastlari va maslahatlar
Onlayn-seminarlarda ishtirok etish hamda bozordagi yetakchi mentor va ekspertlardan maslahatlar olish.
Marketing va mijozlarni o’rganish
Loyihaning maqsadli mijozlarini aniqlash, qiymat takliflarini va gipotezalarini amalda tekshirish.
Hamkorlik
Loyihaning eng kichik ishchi modelini yaratish, uni sinash va u haqidagi fikrlarni to’plash uchun hamkorlar resurlaridan foydalanis
Sarmoyachilarga taqdim etish
Dastur finalchilari o’z startap loyihalarini amalga oshirishda erishgan natijalarini “Taqdimot kuni” (Demo Day) sarmoyachilarga namoyish etadilar va loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Moliyaviy ko’mak va mukofotlar
Eng yaxshi 40 ta loyiha qimmatli sovg’alar va o’z loyihalarini rivojlantirish uchun 50 million so’mgacha maqsadli beg’araz pul mukofotlariga ega bo’lishadi
PR ko’mak
Loyihangizni PR qilishda, sarmoya jalb qilish va xorij davlatlarining akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishda ko’maklashish.
Kimlar qatnashishi mumkin
Dasturda 16 yoshdan yuqori bo’lgan tashabbuskor yoshlar, tadbirkorlar, ixtirochilar, talabalar, oliy ta’lim muassasalari o’qituvchi va tadqiqotchilari, kasb-hunar kolleji va akademik litsey bitiruvchilari ishtirok etishga taklif etiladilar.
Qizlar boshchilik qiladigan jamoalar yoki loyiha jamoasi tarkibida ta’sischi sifatida ishtirok etadigan qizlar mavjud jamoalar qatnashishlari rag‘batlantiriladi.
Qatnashchilardan nima talab etiladi?
Nima uchun bizning dasturda ishtirok etish kerak?
BU ONLAYN
Bu yilgi dastur to’liq onlayn formatda o’tayotganligi va o’z chegaralarini kengayayotgani sababli unda mamlakatimizning istalgan burchagidan qatnashishingiz mumkin.
BU FOYDALI
Siz startapni yaratish va rivojlantirish bo’yicha mentorlar va muvaffoqiyatli tadbirkorlar bilan suhbatlashish va ta’lim dasturlari orqali yurtimiz startap hamjamiyatining eng yahshi ekspertlaridan bilim, ko’nikma va ekspert fikrlarini olasiz
BU JUDA TEZ
Dasturda uch oy ishtirok etish orqali siz nafaqat g’oyangizni sinab ko’rasiz, bilim va texnologik tadbirkorlik salohiyatingizni rivojlantirasiz, balki o’z startapingizni yaratishni boshlab uni amalga oshirish uchun mablag` ham olishingiz mumkin
BU MUTLAQO BEPUL
Dasturda qatnashish bepul va tashkilotchilar sizning loyihangizga yoki intellektual mulkga sheriklik talab qilmaydi.
Tanlov mezonlari
Amaliy jihatdan bajariluvchanligi
Loyiha jamoasi dasturda qatnashish mobaynida loyihaning eng kichik ishchi modelini yaratishga ulgurishi lozim.
Muammoni yechishligi
Sizning loyihangiz yaratayorgan mahsulot yoki xizmat maqsadli mijozlarning muayyan muammolarini yechishga yo‘naltirilgan bo’lish va aniq va jozibador qiymat taklifiga ega bo’lish kerak.
Texnologik jihatdan yangiligi
Loyiha raqobatchilaridan farqlanadigan noyob innovatsion yechimga asoslangan bo’lib tushunarli va jozibador qiymat taklifiga ega bo’lishi lozim.
Sarmoyaga jozibadorligi
Sizning mahsulotingiz yoki yechimingiz ahamiyatli bozor qiymatiga va katta o’sish va ommalashish istiqboliga ega bo‘lishi zarur.
Loyiha jamoasi
Loyiha jamoasi kamida ikki kishidan iborat qat’iy maqsadga ega, mehnatkash, natijaga yo’naltirilgan va jadal ishlashga tayyor jamoaga ega bo’lishi lozim. Shuningdek, jamoa loyiha ustida ishlash uchun haftasiga kamida 15 soat ajratishi kerak
Dastur bosqichlari
Qabul qilingan arizalarni texnologik va biznesni baholash asosida dastlabki saralash. Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan loyihalar onlayn uchrashuvga taklif qilinadi — ekspertlar guruhi bilan suhbat.
Jamoalar bilan onlayn intervyu va loyihalar eskpertizasi. Ekspertlar guruhi qo’llab-quvvatlash dasturida ishtirok etish uchun istiqbolli innovatsion g’oyalar va startap loyihalarni aniqlaydi.
Qo’llab-quvvatlash dasturini ishga tushirish (akseleratsiya dasturi) tanlab olingan loyihalar jamoalari ishtirokida «Lean Startup» (ehtiyotkor startap) metodologiyasi bo’yicha onlayn tartibdagi ta’lim kursini o’tkazish bilan boshlanadi.
Biznes murabbiylar bilan individual ishlash, mahorat darslar va mutahassis (mentorlar) maslahatlari, gipotezalarni sinash, minimal yashovchan modellarni ishlab chiqish, sinov sotuvlari va bozorni o’rganish. Barcha ishlar accelerator.uz platformasida onlayn tarzda amalga oshiriladi.
«Demo-kun» – qo’llab-quvvatlash dasturida ishtirok etish davrida, trekerlar tomonidan eng yuqori ball to’plagan eng istiqbolli loyihalarning o’z natijalarini taqdimoti.
Har bir viloyatdan va Qoraqalpog’iston Respublikasidan 3 tagacha istiqbolli loyihalar va Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan 10 ta loyiha g’olib sifatida tanlab olinadi.
Shundan so’ng eng istiqbolli va faol innovatorlar o’zlarining loyihalarini “Demo-kun” mehmonlari va investorlarga onlayn ravishda taqdim etadilar.
Texnologiyalarning ustuvor yo'nalishlari
Arizani yuborish
ARIZALAR 2020 YIL 20 SENTYABRGACHA FAQATGINA ONLAYN FORMATDA QABUL QILINADI
Qulay bo’lishi uchun siz ariza shaklini MS Word formatida yuklab olib, oflayn holatda to'ldirib keyin onlayn shaklga ko’chirishingiz mumkin.
Ariza shaklini yuklab olishTexnologik so’rovlar
Korxona / tashkilot rahbarimisiz?
Agar siz korxona / tashkilotning rahbari bo’lsangiz, ushbu so’rovnomadai ishtirok eting. So’rovnoma maqsadi korxona va tashkilotlarning hududlar va tarmoqlar bo’yicha yangi texnologiyalar va ishlanmalarga bo’lgan talab va ehtiyojlarini aniqlashga qaratilgan. |
Siz startap dasturining qatnashchisimisiz?
Qo’llab-quvvatlash dasturida ishtirok etishni istaganlar qatnashchilar turli sohalar va viloyatlar bo’yicha bir qator tashkilot va korxonalarning texnologik yechimlarga bo’lgan ehtiyojlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: |
Taqdim etilgan ma’lumotlar «Startap-tashabbuslari» qo’llab-quvvatlash dasturining 5-mavsumi doirasida yoshlarning innovatsion g’oyalari va startap loyihalarinini maqsadli izlash va jalb qilish maqsadida ishlatiladi. | |
Korxona va tashkilotlar rahbarlari uchun so’rovnoma | Ko’rish |
5-davr sur’atlari (2020-2021 yillar)
Dastur haqida fikrlar